AI agentlar bilan ishlaydigan ERP platforma
Savdo, ombor, loyiha va moliya bitta tizimda. AI agentlar uni kun-u tun kuzatadi.
Qoldiq, qarz va kassa hujjatlardan hisoblanadi, raqamni yashirincha o'zgartirib bo'lmaydi. AI agentlar biznesingizni har 15 daqiqada tekshiradi, muammoni erta topadi, dalil bilan yechim taklif qiladi va mas'ul xodimga topshiradi. Sohangiz uchun tayyor yechimni jarayoningizga moslab joriy etamiz.
- Windows va Linux uchun desktop ilova
- Dollar va so'm yonma-yon
- Bulutda yoki o'z serveringizda

2026-yil sentyabridan production'da
Toshkentdagi tizim integratori: showroom, do'konlar tarmog'i va markaziy ombor
- do'kon va showroom
- 9
- do'kon va showroom
- markaziy ombor
- 1
- markaziy ombor
- tovar pozitsiyasi
- 8 800+
- tovar pozitsiyasi
- xodim tizimda ishlaydi
- ≈20
- xodim tizimda ishlaydi
- Savdo va kassa
- Ombor
- Katalog va narx
- Seriya raqamlar
- Ta'minot
- Moliya
- Buxgalteriya
- Loyiha va smeta
- Servis va kafolat
- Xodimlar va reja
- Nazorat
- Hisobotlar
- Telegram
- AI xodimlar
Soha yechimlari
Sohangiz uchun tayyor yechim, kompaniyangizga moslab
Har bir yechim o'sha soha ishlaydigan jarayonlar, rollar, hujjatlar va hisobotlar bilan keladi. Joriy etishda ularni tuzilmangiz, narxnomangiz va qoidalaringizga moslaymiz.
AI agentlar
Tizim o'zi kuzatadi, muammoni topadi va mas'ulga topshiradi
AI rahbar beshta mutaxassis agent bilan ishlaydi: savdo, ombor, moliya, nazorat va ta'minot. Qarorni siz qabul qilasiz, biznesni harakatda ushlab turishni tizim o'z zimmasiga oladi.
- KuzatadiHar 15 daqiqada qoldiq, qarz, kassa, transfer va kechikkan vazifalarni tekshiradi.
- Taklif qiladiHar bir muammo dalil, jiddiylik darajasi va aniq harakat bilan keladi.
- BajaradiQabul qilsangiz, vazifa mas'ul xodimga tushadi, siz bergan huquq doirasida.
- TekshiradiMuddat tugagach natijani o'lchaydi va hal bo'lmaganini qayta ochadi.
Jonli ko'rinish
AI agentlar tarmog'i qanday ishlaydi
Signallar oqib keladi, AI rahbar ularni mutaxassis agentlarga taqsimlaydi, taklif esa mas'ul xodimga boradi. Quyida demo ma'lumotlardagi bir kunlik oqim.
Jonli lenta
Demo ma'lumotlar- 09:45 Ombor
TR-000311 transferi 48 soatdan beri qabul qilinmagan
Vazifa → do'kon mudiri
- 09:30 Nazorat
Kassa farqi: Chilonzor, −450 000 so'm
Vazifa → nazoratchi
- 09:15 Moliya
Qarz muddati o'tdi: «Demo Qurilish» MChJ
Vazifa → savdo menejeri
- 09:00 Ombor
Kam qoldiq: PoE kommutator, Yunusobod
Vazifa → omborchi
Nega ishonsa bo'ladi
Tekshiruvda o'zini oqlaydigan raqamlar
O'sib borayotgan biznesdagi muammolarning ko'pi kimdir qo'lda yozgan raqamdan boshlanadi. Davirix'da har bir raqamning manba hujjati bor.
Qoldiq hujjatdan yig'iladi
Kirim, transfer, savdo va hisobdan chiqarish qoldiqni hosil qiladi. Raqamni o'zgartirish uchun hujjat o'tkaziladi, hujjat esa o'chmaydi.
Har bir amalning egasi bor
Kim yaratdi, kim tasdiqladi, qachon. To'lovni kiritgan xodim uni o'zi tasdiqlay olmaydi.
Filiallar bitta bazada
Do'konlar, omborlar va markaziy kassa bir tizimda ishlaydi. Xodim faqat o'z filialini ko'radi.
Dollar va so'm birga
Har bir hujjatga o'sha kungi kurs yoziladi. Qarz hujjat valyutasida yuritiladi, hisobot esa kerakli valyutada chiqadi.
Platforma
Har bir bo'lim bitta tizimda ishlaydi
Barcha bo'limlar bitta bazada. Bitta savdo bir vaqtning o'zida qoldiq, qarz, kassa va buxgalteriyani yangilaydi.
Mahsulot ichida
Kun bo'yi shu tizimda ishlaydigan xodim uchun qilingan
Menyu satri, oyna tablari va F-tugmalar bilan desktop uslubidagi interfeys. Kassir uni bir smenada, omborchi bir kunda o'rganadi.
Ombor va do'konlar bo'yicha qoldiq, transfer, rezerv.
Qanday ishlaymiz
Avval biznesni o'rganamiz, keyin tizimni sozlaymiz
Joriy etish natijasi o'lchanadigan loyiha. Litsenziyani topshirib ketib qolmaymiz.
- 1
Uchrashuv
Rahbar bilan 30–45 daqiqa: nima og'riyapti, nima o'zgarishi kerak.
- 2
Biznes audit
Savdo, ombor va pul bugun aslida qanday harakatlanishini xaritaga tushiramiz.
- 3
Sozlash va pilot
Yechimni jarayoningizga moslab, avval bitta bo'limda ishga tushiramiz.
- 4
Joriy etish va qo'llab-quvvatlash
Xodimlarni o'qitish, ma'lumotlarni ko'chirish, keyin butun kompaniya.
Joylashtirish
Sizga qulay joyda ishlaydi
Desktop ilova
Windows va Linux. O'zi yangilanadi, chekni oynasiz chop etadi.
Web konsol
Rahbar va ofis xodimlari uchun, istalgan brauzerdan.
Bulut yoki o'z serveringiz
Biz joylashtiramiz yoki sizning serveringizga o'rnatamiz.
O'zbek va rus tili
Har bir xodim interfeys tilini o'zi tanlaydi.
O'zbekiston qoidalari
Milliy hisoblar rejasi, QQS, asosiy valyuta so'm.
Zaxira nusxa
Muntazam zaxira nusxa va hujjatlashtirilgan tiklash tartibi.
Nazorat va xavfsizlik
Tarixni hech kim yashirincha o'zgartira olmaydi
Ikki bosqichli kirish, filial bo'yicha rollar, limitdan oshganda tasdiq, yopilgan davr qulfi va har bir amalning audit jurnali.
Ma'lumotlar qanday himoyalanadiKirish
Markaziy autentifikatsiya serveri va ikki bosqichli kod
Nazorat
Limitdan oshgan chegirma, qarz va xarajat tasdiqqa ketadi
Har amalning izi
Qoldiq va qarz qo'lda yozilmaydi, hujjatlardan yig'iladi
Ma'lumotlar
Har bir kompaniyaning ma'lumoti baza darajasida ajratilgan
Savollar
Rahbarlar demodan oldin so'raydigan savollar
Davirix 1C'dan nimasi bilan farq qiladi?
Davirix bo'sh konstruktor emas, sohaga tayyor jarayonlar bilan keladi: rollar, hujjatlar, tasdiqlar va hisobotlar biznesingiz turiga sozlangan. Qoldiq va qarzlar hujjatlardan hisoblanadi, ularni qo'lda tuzatib bo'lmaydi. Barcha filiallar kechki almashuvsiz bitta bazada ishlaydi.
Joriy etish qancha vaqt oladi?
Filiallar soni va qamrab olinadigan jarayonlarga bog'liq. Muddatni auditdan keyin belgilaymiz va bosqichma-bosqich, eng muhim bo'limdan boshlab ishga tushiramiz.
Eski dasturdagi ma'lumotlarni ko'chirasizmi?
Ha. Tovarlar, boshlang'ich qoldiq, mijozlar va qarzlarni jamoamiz ko'chiradi va ishga tushirishdan oldin siz bilan solishtiradi.
Ma'lumotlarimiz qayerda saqlanadi?
Bizning bulutda yoki xohlasangiz o'z serveringizda. Har bir kompaniyaning ma'lumoti baza darajasida ajratilgan va muntazam zaxiralanadi.
Narxi qancha?
Narx modullar, filiallar va foydalanuvchilar soniga hamda sozlash ishlariga bog'liq. Birinchi uchrashuv bepul, auditdan keyin aniq taklif beramiz.
Bizga kerakli narsa tizimda bo'lmasa-chi?
Bu ishimizning bir qismi. Sohangizga xos hujjatlar, integratsiyalar va jarayonlar loyiha davomida qurilib, sizning konfiguratsiyangizga kiradi.
Keyingi qadam
Davirix'ni o'z jarayonlaringizda ko'ring
Ariza qoldiring, bir ish kuni ichida qo'ng'iroq qilib vaqtni kelishamiz. Demo sohangizdan olingan misolda o'tadi.
- Slayd emas, jonli demo
- Qamrov va muddatning taxminiy bahosi
- Hozirgi dasturingizdan o'tish bo'yicha javoblar
Yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning