Asosiy qismga o'tish

Do'konlar tarmog'i

Har bir do'konning savdosi, qoldig'i va kassasi bir ekranda

Ixtisoslashgan do'konlar tarmog'i uchun: texnika, qurilish va elektr mollari, ehtiyot qismlar. Kassir chekni skanerda uradi, omborchi transferni qabul qiladi, rahbar esa tushum qaysi kassada, tovar qaysi javonda ekanini ko'radi.

Demo so'rash Mijozda ishlab turibdi

Kimlar uchun

  • Elektronika va maishiy texnika
  • Qurilish va elektr mollari
  • Avto ehtiyot qismlar
  • Xavfsizlik va IT uskunalari
  • Showroom va ombor savdosi

Mijoz

9 do'kon bitta tizimda

Toshkentdagi texnika va xavfsizlik uskunalari tarmog'i. Kassalar, markaziy ombor va markaziy kassa 2026-yil oktyabridan Davirix'da ishlaydi.

do'kon va showroom
9
do'kon va showroom
markaziy ombor
1
markaziy ombor
tovar pozitsiyasi
8 800+
tovar pozitsiyasi
xodim tizimda ishlaydi
≈20
xodim tizimda ishlaydi

Nimani hal qiladi

Bu yechim yo'qotadigan muammolar

Smena yopilganda kassa chiqmaydi

Smena ochilishi, har bir chek, chegirma va kassadan chiqim kassir nomi bilan yoziladi. Farq qaysi smenada va qaysi amaldan keyin paydo bo'lgani ko'rinadi.

Qaysi do'konda nima qolgani noma'lum

Har bir do'kon va markaziy ombor qoldig'i bir ro'yxatda. Do'kon so'rov yuboradi, ombor yig'ib jo'natadi, do'kon qabul qiladi.

Nasiya daftarda yuradi

Mijozga qarz limiti, to'lov jadvali, muddati o'tgan qarzlar ro'yxati. Limitni oshirish rahbar tasdig'idan o'tadi.

Chegirma hech kimga so'ralmay beriladi

Chegirma limiti do'kon va tovar bo'yicha qo'yiladi. Limitdan oshganini kassir o'zi o'tkaza olmaydi.

Jarayon

Boshidan oxirigacha bitta tizimda

  1. 1

    Kirim

    Tovar markaziy omborga keladi, tannarx hisoblanadi.

  2. 2

    Transfer

    Do'kon so'raydi, ombor yig'adi va jo'natadi, do'kon qabul qiladi.

  3. 3

    Savdo

    Skaner bilan chek, aralash to'lov, nasiya, dollar va so'm.

  4. 4

    Qaytarish

    Chek yoki seriya raqam bo'yicha topib qaytarish.

  5. 5

    Smena

    Naqd sanaladi, farq bo'lsa sababi bilan yoziladi.

  6. 6

    Markaziy kassa

    Do'konlar tushumi markazga topshiriladi va solishtiriladi.

AI agentlar

Bu sohada AI agentlar nima qiladi

AI agentlar qanday ishlaydi

Kassa farqi

Smena yopilganda farq chiqsa, nazoratchiga tekshiruv vazifasini smena va kassir ma'lumoti bilan beradi.

Do'konda tovar tugashi

Tez sotilayotgan tovar tugash arafasida bo'lsa, markaziy ombordan transfer vazifasini taklif qiladi.

Savdo va marja pasayishi

Filialda savdo yoki marja keskin tushsa, rahbarga ko'rib chiqish vazifasi ochadi.

Yopilmagan smena

Vaqtida yopilmagan smena va kechikkan vazifalarni mas'ulga eslatadi.

Nima olasiz

Birinchi kundan ishlaydi

Kassa va smenaSkaner bilan chek, kechiktirilgan chek, F-tugmalar, desktop ilovadan chek chop etish.
To'lov turlariNaqd, karta, o'tkazma, depozit, nasiya, aralash to'lov. To'lov kanallari bo'yicha solishtiruv.
Do'kon qoldiqlariHar bir do'kon va omborning qoldig'i, do'konlar orasida transfer.
Nasiya va limitlarValyuta bo'yicha qarz limiti, to'lov jadvali, limitni oshirish tasdiq bilan.
Chegirma nazoratiDo'kon va tovar bo'yicha limit, oshgani tasdiqqa.
HisobotlarDo'kon, kassir va tovar kesimida savdo, yalpi marja, tovar aylanmasi.
Seriya va kafolatTexnika uchun seriya raqam va kafolat muddati.
RollarKassir, do'kon mudiri, omborchi, buxgalter, nazoratchi, tahlilchi.

Tarmog'ingizga moslab ulaymiz va sozlaymiz

  • Onlayn-NKM yoki virtual kassa bilan fiskal chek
  • Raqamli markirovka (Asl belgisi) talab qilinadigan tovarlar
  • Payme, Click, Uzum va bank terminallari
  • Bonus, keshbek va aksiya qoidalari
  • Do'konlar soni, rollar, chegirma va qarz limitlari
  • Eski dasturdan tovar, mijoz va qarzlarni ko'chirish

Yechim bo'yicha savollar

Fiskal chek qanday chiqadi?

Joriy etishda sizning onlayn-kassangiz yoki virtual kassangiz bilan ulanish sozlanadi. Qaysi yo'l qulayligini audit bosqichida birga tanlaymiz.

Bir nechta yuridik shaxsimiz bor.

Bir nechta yuridik shaxs va filial bitta tizimda yuritiladi, har biri bo'yicha alohida hisobot olinadi.

Sotuvchi boshqa do'konning savdosini ko'radimi?

Ko'rmaydi. Har bir xodim faqat o'z filiali va roli ruxsat bergan ma'lumotni ko'radi.

Kassa qaysi kompyuterda ishlaydi?

Windows yoki Linux'dagi desktop ilovada, oddiy USB skaner va chek printeri bilan. Ilova o'zi yangilanadi.

Keyingi qadam

Bu yechimni o'z ma'lumotlaringizda ko'ring

Sohangizdan olingan misolda ko'rsatamiz va sozlash hajmini baholaymiz.

  • Slayd emas, jonli demo
  • Qamrov va muddatning taxminiy bahosi
  • Hozirgi dasturingizdan o'tish bo'yicha javoblar

Yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning

Ma'lumotlaringiz faqat shu ariza bo'yicha siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.