Ombor va distribyutsiya
Ombordagi har bir dona qayerdan kelgani va qayerga ketgani hujjatda
Markaziy ombor, filial omborlari, do'konlar va ulgurji mijozlar uchun. Qoldiq hech qachon qo'lda yozilmaydi: u kirim, transfer, savdo va hisobdan chiqarish hujjatlaridan yig'iladi. Shuning uchun uni yashirincha o'zgartirib bo'lmaydi.
Kimlar uchun
- Markaziy ombor va filiallar
- Import qiluvchi kompaniyalar
- Ulgurji savdo va distribyutsiya
- Texnika va qurilish materiallari
- Seriyali va metrli tovarlar
Mijoz
Markaziy ombordan 9 do'konga
Toshkentdagi tizim integratori do'konlar tarmog'ini markaziy omboridan Davirix'dagi transferlar orqali ta'minlaydi.
- do'kon va showroom
- 9
- do'kon va showroom
- markaziy ombor
- 1
- markaziy ombor
- tovar pozitsiyasi
- 8 800+
- tovar pozitsiyasi
- xodim tizimda ishlaydi
- ≈20
- xodim tizimda ishlaydi
Nimani hal qiladi
Bu yechim yo'qotadigan muammolar
Dasturdagi qoldiq javondagidan farq qiladi
Har bir harakat hujjat bilan o'tadi. Inventarizatsiyada ombor muzlatiladi, sanaladi, farq tasdiq bilan tuzatiladi va sababi yoziladi.
Transferda tovar yo'qoladi
Jo'natilgan va qabul qilingan miqdor alohida yoziladi. Farq ochiq qoladi va mas'ul uni yopmaguncha hujjat tugamaydi.
Import tovarining tannarxi taxminiy
Transport, bojxona va boshqa xarajatlar kirimga taqsimlanadi. Sotuvdagi marja haqiqiy tannarxdan hisoblanadi.
Kim nima qilgani aniq emas
Har bir hujjatning raqami, har bir amalning egasi va vaqti audit jurnalida turadi.
Jarayon
Boshidan oxirigacha bitta tizimda
- 1
Xarid
Mahalliy yoki import buyurtma, avans, ta'minotchi fakturasi.
- 2
Kirim
Qabul, tekshiruv, xarajatlarni tannarxga taqsimlash.
- 3
Saqlash
Ombor, do'kon, nosoz tovar va qaytarish zonalari, rezervlar.
- 4
So'rov
Filial, loyiha yoki mijoz tovar so'raydi, markaz qaror qiladi.
- 5
Jo'natish
Yig'ish, jo'natish, yo'l varaqasi, qabul va farqni yopish.
- 6
Sanash
Inventarizatsiya, hisobdan chiqarish, tuzatish tasdiq bilan.
AI agentlar
Bu sohada AI agentlar nima qiladi
Turib qolgan transfer
48 soatdan ortiq qabul qilinmagan transferni topib, mas'ulga vazifa qo'yadi.
Manfiy yoki kam qoldiq
Manfiy qoldiqda qayta sanash, kam qoldiqda to'ldirish vazifasini taklif qiladi.
O'lik tovar
90 kundan ortiq harakatsiz tovarni ko'rsatadi va qaror uchun vazifa ochadi.
Ombor tahlilchisi
Qoldiq yoshi, aylanma va sotilish tezligi bo'yicha savollarga javob beradi.
Nima olasiz
Birinchi kundan ishlaydi
Distribyutsiya jarayoningizga moslab sozlaymiz
- Ulgurji buyurtma: buyurtma, rezerv, yig'ish, jo'natish, qarz
- Mijoz turi bo'yicha narx (ulgurji, diler, chakana)
- Elektron hisob-faktura va e-TTN (Didox va boshqalar)
- Yaroqlilik muddati va FEFO
- Savdo agentlari va TSD uchun mobil ish joyi
- Akt sverki shakli va qayta buyurtma tavsiyalari
Yechimdagi modullar
Yechim bo'yicha savollar
Shtrix-kod skanerimiz bor. Ishlaydimi?
Ishlaydi. Oddiy USB skaner kirim, transfer, inventarizatsiya va kassada qo'llanadi.
Eski dasturdagi qoldiqlarni ko'chirsa bo'ladimi?
Bo'ladi. Joriy etish vaqtida tovarlar, boshlang'ich qoldiq va qarzlarni jamoamiz ko'chiradi va siz bilan solishtiradi.
Tannarx qanday hisoblanadi?
O'rtacha tortilgan tannarx bo'yicha. Import xarajatlari kirimga taqsimlanadi, shuning uchun marja haqiqiy bo'ladi.
Ulgurji mijozlarga buyurtma bilan jo'natamiz.
Ombor qismi tayyor holda keladi. Buyurtmadan jo'natish va qarzgacha bo'lgan ulgurji jarayon sizning tartibingiz bo'yicha sozlanadi.
Boshqa yechimlar
Keyingi qadam
Bu yechimni o'z ma'lumotlaringizda ko'ring
Sohangizdan olingan misolda ko'rsatamiz va sozlash hajmini baholaymiz.
- Slayd emas, jonli demo
- Qamrov va muddatning taxminiy bahosi
- Hozirgi dasturingizdan o'tish bo'yicha javoblar
Yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning