Asosiy qismga o'tish

Platforma

Butun kompaniya uchun bitta baza

Savdo, ombor, ta'minot, moliya va loyihalar bir-biriga fayl jo'natmaydi. Ular bitta tizim, shuning uchun har bir hujjat qoldiq, qarz, kassa va buxgalteriyani bir vaqtda yangilaydi.

Modullar

Savdo va kassa

Do'kon va showroom kassasi. Kassir smenani ochadi, tovarni skanerlaydi, smena oxirida tushumni markaziy kassaga topshiradi.

  • Naqd, karta, o'tkazma, nasiya, aralash to'lov
  • Do'kon va tovar bo'yicha chegirma limiti
  • Kechiktirilgan chek, tijorat taklifi PDF
  • Bitta kassada dollar va so'm

Ombor

Qoldiq kirim, transfer, savdo va hisobdan chiqarish hujjatlaridan yig'iladi. Raqamni qo'lda to'g'rilab bo'lmaydi, faqat hujjat bilan.

  • Kirim, transfer, qabul, farqlarni yopish
  • Inventarizatsiya, hisobdan chiqarish, rezerv
  • Nosoz tovar ombori, yo'l varaqasi (TTN)
  • Kabel bobinasini kesish, qadoqni ochish

Katalog va narx

Minglab pozitsiya uchun bitta katalog. Narx faqat hujjat bilan o'zgaradi, kim va qachon o'zgartirgani saqlanadi.

  • Dona, seriya, partiya, metr, qadoq hisobi
  • Shtrix-kod, variant, brend, kategoriya
  • Narx o'zgarishi hujjati

Seriya raqamlar

Har bir uskunaning tarixi: qaysi kirim bilan keldi, kimga sotildi, qaysi obyektga o'rnatildi, kafolati qachon tugaydi.

  • Kirimdan servisgacha tarix
  • Seriya bo'yicha chekni topish
  • Kafolat muddati

Ta'minot

Mahalliy va import xarid. Buyurtma, kirim va ta'minotchi fakturasi o'zaro solishtiriladi, import xarajati tannarxga qo'shiladi.

  • Xarid buyurtmasi va avans
  • Buyurtma, kirim, faktura solishtiruvi
  • Transport va bojxona xarajatini taqsimlash
  • Ta'minotchiga qaytarish

Moliya

Kassalar, bank hisoblari, debitor va kreditor qarzlar, xarajatlar. Egasi har kuni pul qayerda turganini ko'radi.

  • Qarzlar muddati bo'yicha
  • Mijozga qarz limiti
  • Kunlik kassa solishtiruvi, pul oqimi
  • Byudjet: reja va fakt

Buxgalteriya

Provodkalar hujjatlardan o'zi yoziladi, O'zbekiston hisoblar rejasi bo'yicha. Buxgalter qayta kiritmaydi, tekshiradi.

  • Jurnal, aylanma qaydnoma, balans
  • QQS
  • Davrni yopish va qulflash
  • Asosiy vositalar, amortizatsiya

Loyiha va smeta

Smetadan topshirishgacha bitta loyihada: materiallar, montaj ishlari, o'zgarishlar va akt.

  • Versiyali smeta, material ehtiyoji
  • Loyihaga ombordan chiqim
  • Montaj ish buyurtmasi
  • Qabul-topshirish dalolatnomasi

Servis va kafolat

Mijoz murojaati SLA muddati bilan. Qaysi uskuna, qaysi obyekt, kafolat bormi, hammasi chiptada.

  • Servis chiptasi va ish buyurtmasi
  • Mijoz uskunalari ro'yxati
  • SLA me'yorlari

Xodimlar va reja

Tuzilma, lavozim, davomat va haftalik reja. Kim nima qilishi kerak edi va nima qildi.

  • Xodim kartasi, shartnoma, buyruq
  • Ish jadvali, davomat, ta'til
  • Reja va ijro nazorati

Nazorat

Limitdan oshgan chegirma, qarz yoki xarajat tasdiqqa ketadi. Har bir amal kim va qachon qilgani bilan jurnalda qoladi.

  • Tasdiqlash navbati va limitlar
  • Yozgan odam o'zi tasdiqlamaydi
  • Davr qulfi, audit jurnali

Hisobotlar

Savdo, marja, tovar aylanmasi va pul oqimi filial kesimida. PDF va Excel'ga eksport rol bo'yicha ochiladi.

  • Do'kon va kassir bo'yicha savdo
  • Yalpi marja
  • Tez, sekin va o'lik tovar

Telegram

Xodim Telegram'ini QR-kod bilan ulaydi va tasdiq, transfer, vazifa haqida shu zahoti xabar oladi.

  • QR orqali ulash
  • Tasdiq va vazifa xabarlari
  • Kompaniyangiz nomidagi bot

AI xodimlar

AI rahbar va yordamchilar biznesni har 15 daqiqada tekshiradi, muammoni dalil bilan ko'rsatadi va mas'ulga vazifa taklif qiladi. Natijani ham o'zi tekshiradi.

  • Oltita signal, har 15 daqiqada
  • Taklif, tasdiq, natija tekshiruvi
  • Telegram'da mijozga javob

Texnologiya va joylashtirish

Desktop ilova

Windows va Linux. O'zi yangilanadi, chekni oynasiz chop etadi.

Web konsol

Rahbar va ofis xodimlari uchun, istalgan brauzerdan.

Bulut yoki o'z serveringiz

Biz joylashtiramiz yoki sizning serveringizga o'rnatamiz.

O'zbek va rus tili

Har bir xodim interfeys tilini o'zi tanlaydi.

O'zbekiston qoidalari

Milliy hisoblar rejasi, QQS, asosiy valyuta so'm.

Zaxira nusxa

Muntazam zaxira nusxa va hujjatlashtirilgan tiklash tartibi.

Integratsiyalar

Fiskal kassa, to'lov tizimlari, elektron hisob-faktura, 1C va o'z servislaringiz loyiha davomida, jarayoningizga kerak bo'lganiga qarab ulanadi.

Keyingi qadam

Davirix'ni o'z jarayonlaringizda ko'ring

Ariza qoldiring, bir ish kuni ichida qo'ng'iroq qilib vaqtni kelishamiz. Demo sohangizdan olingan misolda o'tadi.

  • Slayd emas, jonli demo
  • Qamrov va muddatning taxminiy bahosi
  • Hozirgi dasturingizdan o'tish bo'yicha javoblar

Yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning

Ma'lumotlaringiz faqat shu ariza bo'yicha siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.